Xitoy banki O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha, Markaziy bankda dunyoning Top-10ta bankidan biri — Xitoy banki (Bank of China) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xitoy banki rahbariyati O‘zbekistonning bank tizimi imkoniyatlari va unga kirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.

Regulyator Xitoy tomoniga batafsil ma’lumot va tegishli tushuntirishlar berdi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, tomonlar mamlakat moliya bozorini rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirish borasida fikr almashishdi.

O‘tgan yil yakunida Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistonda sho‘ba korxonasini ochishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi.