Toshkentda “HuQQabaz” restoranlar tarmog‘i ochiladi. Brend “Tashkent City Mall” savdo-ko‘ngilochar markazida ish boshlaydi.
“HuQQabaz” 2016-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, “Q Food & Beverage” Turkiya kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi. Shuningdek kompaniyaga “Huqqa”, “The Market”, “Qurabiye” va “Liqqit” restoran tarmoqlari tegishli.
Bugungi kunda brend Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Ozarbayjon va Saudiya Arabistonida taqdim etilgan.
Fevral oyida “Subway” tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i Toshkentda restoran ochishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mazkur restoran ham “Tashkent City Mall"da joylashadi.
Shuningdek, iyul oyida “Costa Coffee” qahvaxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirdi. Qahvaxona Mirzo Ulug’bek tumani, Mahatma Gandi ko‘chasida ochildi.
Hozirda brend 44 mamlakatda 4 mingdan ortiq nuqtalarga ega bo‘lib, ularning aksariyati franshiza asosida faoliyat yuritadi.