13−14−15 sentabr kunlari O‘zbekistondagi bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, 13-sentabr kuni 4-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi, 14-sentabr kuni quyidagi yo‘nalishlarda poyezdlar harakatlanmaydi:
- 3-sonli Qarshi-Toshkent;
- 4-sonli Toshkent-Qarshi;
- 80-sonli Toshkent-Termiz;
- 79-sonli Termiz-Toshkent;
- 682-sonli Qumqo‘rg‘on-Sariosiyo;
- 681-sonli Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on;
- 16/15-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent.
15-sentabr kuni esa 3-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bekor qilinadi.
Xabarda qayd etilishicha, shu kunlarga sotilgan chiptalar summasi to‘liq qiymatda qaytariladi.
Shuningdek, 14-sentabr kuni 760-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishida poyezd Toshkent bekatidan Samarqand (Toshkent 8:00-Samarqand 10:08), 759-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishida esa Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha harakatlanadi (Samarqand 17:58 — Toshkent 20:08).