“IT Park” rezidenti, “Qulix” xalqaro autsorsing IT-kompaniyasi Toshkentda “.NET” dasturlash kursini ishga tushirmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Kurs davomiyligi 4 oy bo‘lib, rus tilida onlayn va oflayn formatda olib boriladi.

“Qulix” mashg‘ulotlarda faqat texnik mutaxassisliklar (IT-texnologiyalari va tegishli yo‘nalishlar) va C# dasturlashning asosiy ko‘nikmalariga ega bo‘lgan talabalar ishtirok etadi.

Talabalar ko‘p qatlamli ASP.NET Core MVC ilovalarini amalga oshirish, RESTfull WebAPI xizmatlarini yaratish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda TDD yondashuvini qo‘llash va boshqa bilimlarni o‘rganishadi.

Ta’lim kompaniyaning mentori — xalqaro loyihalarda tajribaga ega dasturiy yechimlar arxitektori tomonidan olib boradi.

O‘qishni tugatgandan so‘ng, “Qulix” talabalari tavsiyanomaga ega bo‘ladilar va kompaniyaning kadrlar zaxirasiga kirishadi.

Agar o‘sha paytgacha “Qulix"da ochiq vakansiyaga ega loyiha paydo bo‘lsa, uni eng yaxshi bitiruvchi egallaydi. Shuningdek, sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tsa, unga o‘qish uchun sarflagan puli qaytariladi.

Kursda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.