4−10-sentabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi"ning barcha savdo platformalarida 2,4 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 22,5%ga ko‘pdir.

Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 75,8% birja savdolariga, qolgan 24,2% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1,8 trln so‘mlik tovarlar sotildi. Jumladan, 53,8 ming tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 10,8 ming tonnani tashkil qildi.

Kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 656 ming so‘mdan 652 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 86 ta xaridor ishtirok etdi.

Shuningdek, birja savdolariga 9,2 ming tonna suyultirilgan gaz qo‘yilgan bo‘lib, uning 8,3 ming tonnasi, yaʼni 90,4%i sotildi. Bunda 279 ta xaridor ishtirok etdi.

Kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5,9 mln so‘mdan 5,4 mln so‘mgacha pasaygan.