O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralarida ketma-ket beshinchi oy pasayish kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
Unga ko‘ra, joriy yilning 1-avgust holatiga mamlakat zaxiralari $958,4 mlnga kamayib, $32,6 mlrdni tashkil etdi.
Bu oyda valyuta aktivlari miqdorida sezilarli kamayish kuzatildi. Xususan, o‘tgan oyga nisbatan $860 mlnga kamayib, xorijiy valyutadagi zaxiralar $8,7 mlrdni tashkil etdi.
Biroq, avgust oyida mamlakat oltin zaxiralarida sezilarli o‘sish qayd etildi. Ya’ni, bir oyda oltin hajmi $410,5 mlnga oshib, $23,43 mlrdni tashkil etdi.
Shuningdek, avgust oyi davomida oltinning fizik hajmi ham iyun oyidagi ko‘rsatkichni qayta tikladi. Iyul oyidagi 11,8 mln troy unsiya kamayishdan so‘ng, 12,1 mln troy unsiyani tashkil etdi.
Aprel oyida mamlakat oltin-valyuta zaxiralari $230 mln.ga kamaygandi. May oyidagi ko‘rsatkich esa joriy yildagi eng yuqori kamayish qayd etilgan fevral oyidagi natijadan keyingi yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Biroq, iyun oyiga kelib, kamayish davom etishiga qaramay, mayga nisbatan kam natijani qayd etdi. Iyul oyi esa oltin-valyuta zaxirasining sekinlashgan kamayish davri bo‘ldi.