Avvalroq xalqaro imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha xizmatlar to‘liq onlayn amalga oshirilishi ma’lum bo‘lgandi.
Endilikda xarajatlar uchun ajratiladigan pulni bankka borib olishning xojati yo‘q, buni Yagona portal orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun saytning qidiruv tizimiga “xalqaro imtihon tizimlari” kalit so‘zlarini kiritib, kerakli sahifani topish mumkin. “Xizmatdan foydalanish” tugmasi orqali esa jarayon amalga oshiriladi.
Xizmatdan 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlar foydalanishlari hamda 16 yoshga to‘lmaganlar uchun ularning ota-onasi ariza jo‘natishi mumkin.
Birinchi qadamda mazkur ikkita kategoriyadan biri tanlanadi va undan keyingi qadamda arizachi haqidagi ma’lumotlar shakllanadi, to‘ldirilishi kerak bo‘lgan joylar esa to‘ldirib chiqiladi.
Shu bilan, oxirgi qadamda xalqaro imtihonga oid ma’lumotlar kiritiladi.
Bunda quyidagi ma’lumotlar to‘ldirib chiqiladi:
- kompensatsiya olinadigan hudud;
- bank filiali joylashgan tuman yoki shahar;
- xalqaro imtihon turi;
- sertifikatning ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami va olingan sanasi;
- imtihon o‘tkazgan tashkilot nomi.
Shuningdek, sertifikat va kvitansiya nusxasini ham kiritish kerak. Barchasi to‘ldirib bo‘lingach ariza jo‘natish mumkin.
Kompensatsiya puli bank plastikiga qanday o‘tkazib beriladi?
Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganidan keyin 15 kun mobaynida kompensatsiya mablag‘lari “Xalq banki"ning hisob varag‘iga moliyalashtiriladi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi.
Undan so‘ng, “davlat xizmatini davom ettirish” tugmasini bosib jarayonni davom ettirish mumkin.
Bunda bank plastik karta raqami kiritilib, “yuborish” tugmasi bosiladi. Talabgorga pul mablag‘i bir bank kuni davomida o‘tkazib beriladi.
Hozir tizimda 18ta xorijiy imtihon turlari keltirilgan.
Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin hamda ariza jo‘natish bepul amalga oshiriladi.
Avvalroq “Spot”