13-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Yashnobod tumani: “Tovkentepa” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 15:00gacha;
  • Mirobod tumani: “Oybek” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 16:00gacha.
  • Olmazor tumani: “Chuqursoy”, “Paxta” hamda “Qichqiriq” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.