15-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Bektemir tumani: “Gulbog‘” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 17:00gacha;
  • Mirobod tumani: “Istiqlolobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq uchta viloyatdagi 3ta iste’molchi elektr energiyasiga 1,4 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani haqida xabar berilgandi. Bu hajmdagi elektr energiyasi 11 514ta xonadonning bir oylik iste’molini ta’minlashga yetardi.

Shuningdek, Toshkent shahri va viloyatidagi 3ta iste’molchi 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlangandi.