Xorijga chiqish pasportini qanday olish mumkin? Qo‘llanma
Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin hamda buning uchun 10%lik chegirma taqdim etiladi.
O‘zbekiston — 2030 strategiyasida nimalar belgilanmoqda?
Xususan, strategiya 5ta ustuvor yo‘nalish hamda 100ta maqsaddan iborat bo‘lib, unda mamlakatda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar keltirilgan.
AQShning Simmons universiteti grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Qabul qilingan talabalar o‘quv to‘lovlaridan ozod etilib, turar joy bilan ta’minlanadi hamda tadqiqotni qo‘llab-quvvatlashga $3000 miqdorida stipendiya ajratiladi.
Valyuta kursi bilan nima sodir bo‘lmoqda va so‘m qadrsizlanishda davom etadimi?
Spot valyuta kursi nima ekanligini, uning shakllanishiga nima ta’sir qilishi va kelajakda nimani kutish mumkinligini aniqladi.
Xalqaro imtihon xarajatlariga kompensatsiyani qanday olish mumkin? Qo‘llanma
Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin. Tizimda 18ta xorijiy imtihon turlari keltirilgan.
Haftaning asosiy yangiliklari
- “Hozircha barchasi loyiha xolos” — Energetika vaziri aholi uchun elektr narxining oshishi haqida. Uzluksiz elektr yetkazib berish ta’minlangandagina aholi uchun elektr energiyasida tabaqalashtirilgan tariflar hukumatga kiritiladi. Agar loyiha qabul qilinsa yangi tariflar 2024-yilning 1-mayidan joriy qilinadi.
- Xitoy banki O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkin. Bank of China mamlakat bank tizimi imkoniyatlari va unga kirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
- Yaponiya hukumati Orolbo‘yi mintaqasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga $2 mln ajratadi. Loyihadan to‘rtta shimoliy hudud — Xo‘jayli, Chimboy, Kegeyli va Nukusning 376 mingdan ortiq aholisi foyda ko‘rishi kutilmoqda.
- Rossiya kompaniyalarining o‘zbekistonlik frilanserlarga talabi ortmoqda. Mamlakat ish beruvchilari O‘zbekiston, Gruziya, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda istiqomat qiluvchi mutaxassislarga deyarli 1 mlrd rubl to‘lashgan.
- 12-sentabr kuni “Apple” kompaniyasining yillik an’anaviy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Spot” iPhone 15 va 15 Plus, iPhone 15 Pro va Pro Max hamda Apple Watch Series 9 va Apple Watch Ultra 2 haqida asosiy ma’lumotlarni berdi.
- Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu inflyatsiyaning yil yakuniga qadar prognoz doirasida shakllanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratib, narxlarga monetar omillarning ta’sirini oldini olish uchun zaruriy chora ekanligi ta’kidlanmoqda.
- Yo‘l xo‘jaligi sohasi qanday isloh qilinadi? — prezident yig‘ilishi tafsilotlari. “Spot” unda qayd etilgan muhim ma’lumotlar va topshiriqlarni bir joyga jamladi.
- AQShda o‘tkaziladigan Reygan-Fassell stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ishtirokchilarga oylik stipendiya ajratilib, borib-kelish, sug‘urta, turar joy, oziq-ovqat, mahalliy transport va boshqa zaruriy xarajatlar qoplab beriladi.
- Valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan yangi cheklovlar bekor qilindi. Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov bir kun oldingi qaror bekor qilingani va bu haqda tijorat banklari ogohlantirilganini ma’lum qildi.
- Tadbirkorlarga garovsiz kreditlar ajratiladi. Bu Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida amalga oshiriladi.