“HeadHunter” ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yoz oyida bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50%dan ko‘proq oshgan (“Spot"da mavjud).

Bo‘sh ish o‘rinlari soni eng dinamik o‘sgan sohalar qatoriga savdo, axborot texnologiyalari va logistika kiradi. Ish beruvchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabi ortib borayotganini taklif qilinadigan o‘rtacha ish haqining yillik o‘sishida ko‘rish mumkin.

Taklif qilingan o‘rtacha ish haqi 34%ga oshib, 5,5 mln so‘mni tashkil etdi. Ish haqining eng katta o‘sishi ta’lim va san’at sohalarida kuzatilgan

Yozning eng ko‘p maosh oladigan mutaxassislari IT, marketing, qurilish va moliya sohalari vakillari bo‘ldi.

Xususan, frontend dasturchilar uchun taklif qilingan ish haqi 36,5 mln so‘mni tashkil etdi. Undan keyingi o‘rinda qurilish muhandislari turibdi. Ularga yoz davomida 13 mln so‘mdan 18 mln so‘mgacha ish haqi taklif qilingan.

Moliyaviy menejerlar 12,2 mln so‘m — 18,2 mln so‘m bilan yuqori ish haqi taklif qilingan mutaxassislar kuchli uchligini yakunlab berdi.

O‘tgan mavzumda digital-marketologlarga 9,7 mln so‘mdan 18,2 mln so‘mgacha ish haqi taklif qilingan. Shuningdek, taklif qilingan ish haqi ishlab chiqarish muhandislariga 9 mln so‘mdan, grafik dizaynerlarga 8 mln so‘mdan boshlanadi.

Avvalroq joriy yilning birinchi yarmida ish beruvchilar hh.uz'da 40 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini ochgani ma’lum qilingandi.