22-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Yashnobod tumani: “Yangi davr” hamda “Uch chinor” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Mirobod tumani: “Farovon” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 2024-yilda aholi uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishini ma’lum qilgandi.

Vazirlar Mahkamasi 1-oktabrdan tadbirkorlar uchun elektr energiyasi va gaz tariflarini oshirishni tasdiqladi.

Shuningdek, vazirlik energiya narxini hozirgi darajada ushlab turish uchun budjetdan qancha mablag‘ sarflanishini hisoblab chiqdi.

Narx shakllanishining bozor mexanizmlari yo‘qligi tizimning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda hamda davlat energetika sohasini subsidiyalashga majbur bo‘lyapti, deyiladi sharhda.