22-sentabr, juma kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Regulyator 25-sentabr kuni uchun Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 212,07 so‘m etib belgiladi. Kun davomida 22 so‘m 6 tiyinga oshgan.
Dollarning auksiondagi qiymati ketma-ket ikkinchi kun eng yuqori darajaga yetdi. Bir kun avval, 21-sentabr kuni birinchi marta 12 190 so‘mga yetdi.
Aksariyat tijorat banklari AQSh valyutasini 12 250−12 275 so‘m narxda muomalaga chiqarmoqda. Sotib olish stavkasi — 12 130 so‘mdan 12 190 so‘mgacha.
Dollarni eng arzon — 12 225 so‘mdan “Ravnaq-bank” sotmoqda. Eng qulay xarid kursi endi “Invest Finance Bank” tomonidan taklif etilmoqda — 12 200 so‘m.
10-avgust kuni Amerika valyutasi 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilish bo‘ldi. So‘nggi haftalarda u yana bir necha bor rekordlarni yangiladi.
Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berib, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini qayd etdi.
Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi kuzatildi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda dollar kursining o‘sishiga ta’sir etuvchi sabab va omillar tahlilini e’lon qilgandi.