Niderlandiyaning Delft texnologiya universiteti “TU Delft Excellence” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unga barcha mamlakatlardan nomzodlar magistratura darajasi uchun ariza jo‘natishlari mumkin. Universitet deyarli barcha akademik sohalar va yo‘nalishlarni taklif qiladi.

Dasturga arizalarni onlayn jo‘natish kerak hamda quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

  • diplom (GPA 75%);
  • transkript;
  • til sertifikati (TOEFL, IELTS);
  • motivatsion xat;
  • CV;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat.

Shuningdek, agar zarur bo‘lsa, ma’lumotnoma, portfolio hamda GRE sertifikati ham so‘raladi. Havola orqali tanlangan o‘quv dasturiga zarur hujjatlarni tekshirish mumkin.

Zarur bo‘lgan barcha hujjatlar magistratura dasturi bilan birga topshirilishi kerak.

Ariza jo‘natilganidan keyin qo‘shimcha hujjatlarni yuklab bo‘lmaydi. Qabul talablari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Qabul qilingan talabalar to‘liq o‘qish to‘lovlaridan ozod etilib, yashash xarajatlari uchun mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi/EFTA'dan bo‘lmagan talabalarga yiliga 30 ming yevro, Yevropa Ittifoqi/EFTA talabalariga yiliga 11,5 ming yevro miqdorida stipendiya beriladi.

Arizalarni joriy yilning 1-dekabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Grant uchun ariza shakli.

Grant g‘oliblari 2024-yilning mart oyi oxirigacha elektron pochta orqali xabardor qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq AQShning “National Endowment for Democracy” (NED) jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Reygan-Fassell” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.