“Google” “Bard” chat-botiga kengaytmalarini qo‘shdi va yangiladi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.
Chat-botdan foydalangan holda kompaniya xizmatlaridan — “Gmail”, “Documents”, “Drive” va boshqalardan foydalanuvchi ma’lumotlarini topishi va ko‘rsatishi mumkin.
Masalan, sayohatni rejalashtirayotganda foydalanuvchi “Bard"dan “Gmail"da sayohat sanalari, real vaqt rejimida parvoz va mehmonxona ma’lumotlarini topishni, xaritalarda aeroport yo‘nalishlarini qidirishni va u yerda qilinadigan ishlar haqida “YouTube” videolarini taklif qilishni so‘rashi mumkin.
Kompaniyaning qayd etishichaa, bularning barchasi bitta dialogda amalga oshiriladi.
Agar foydalanuvchi chat-botga “Gmail”, “Docs” va “Drive"dan ma’lumotlarni ko‘rishga ruxsat bersa, u reklamalarni tanlash yoki modelni o‘rgatish uchun ishlatilmaydi va sharhlovchilarga ko‘rsatilmaydi, dedi “Google”.
Xizmatni istalgan vaqtda o‘chirib qo‘yish mumkin, deya qo‘shimcha qildi “The Verge” nashri.
Shuningdek, foydalanuvchilar “G” tugmachasini bosish orqali chatbot javoblarini ingliz tilida ikki marta tekshirishlari mumkin.
Shundan so‘ng, “Bard” o‘z javobini o‘qiydi va internetda uni qo‘llab-quvvatlaydigan tarkib mavjudligini baholaydi.