Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi (RITM) IT mehnat bozorini tahlil qildi, deya xabar berdi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

Tahlilda “Headhunter”, “Ish ko‘p”, “IT Market”, “OLX” hamda “Fintech Jobs” saytlarida IT sohasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari o‘rganilgan.

Xususan, “Headhunter” saytida IT sohasidagi jami vakansiyalar 771tani, “Ish ko‘p"da 601ta, “IT Market"da 157ta, “OLX"da 145ta hamda “Fintech Jobs” saytida 81tani tashkil etadi.

fintech jobs, headhunter, ish, ish ko'p, ish o'rinlari, it market, it sohasi, it-mutaxassislar

Yo‘nalishlar kesimida vakansiyalar soni ham farq qiladi. Jumladan, “Headhunter” saytida eng ko‘p qidirilayotgan mutaxassislar dasturchilar bo‘lgan. Jami 503ta e’lon mavjud.

Bu ish o‘rinlariga turli yo‘nalish va dasturlash tillari bo‘yicha dasturchilar qidirilmoqda. Bu ko‘rsatkich “Ish ko‘p” saytida 269tani tashkil etgan.

Shuningdek, mazkur platformalarda 1−3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lganlarga taklif etilayotgan eng yuqori maosh ham dasturchilarga to‘g‘ri keladi — 28 mln so‘m.

Eng yuqori taklif etilayotgan maoshning past miqdori (8 mln so‘m) esa IT mutaxassislariga va tizim administratsiyalariga taklif etilgan.

fintech jobs, headhunter, ish, ish ko'p, ish o'rinlari, it market, it sohasi, it-mutaxassislar

1−3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lganlarga taklif etilayotgan eng yuqori maosh:

  • dasturchi — 28 mln so‘m;
  • tahlilchi — 25 mln so‘m;
  • 1C dasturchi — 24 mln so‘m;
  • Project menejerlar — 13,5 mln so‘m;
  • dizayner — 13,2 mln so‘m;
  • axborot xavfsizligi mutaxassisi — 10 mln so‘m;
  • IT mutaxassis va tizim administratori — 8 mln so‘m.

Bundan tashqari, markaz 3−6 yilgacha ish stajiga ega bo‘lganlarga taklif qilinayotgan eng yuqori ish haqini tahlil qilgan.

Natijada, eng yuqori maosh dasturchilarga taklif etilmoqda — 55 mln so‘m. Bunda past miqdor 10 mln so‘m bilan IT mutaxassislariga to‘g‘ri kelgan.

3−6 yilgacha ish stajiga ega bo‘lganlarga taklif qilinayotgan eng yuqori ish haqi:

  • dasturchi — 55 mln so‘m;
  • Project menejer va 1C dasturchi — 42 mln so‘m;
  • tahlilchi — 36 mln so‘m;
  • dizayner — 30 mln so‘m;
  • tizim administratori — 23 mln so‘m;
  • IT mutaxassislar — 10 mln so‘m.

fintech jobs, headhunter, ish, ish ko'p, ish o'rinlari, it market, it sohasi, it-mutaxassislar

“HeadHunter” ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yoz oyida bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50%dan ko‘proq oshgan.

Taklif qilingan o‘rtacha ish haqi 34%ga oshib, 5,5 mln so‘mni tashkil etdi. Ish haqining eng katta o‘sishi ta’lim va san’at sohalarida kuzatilgan. Yozning eng ko‘p maosh oladigan mutaxassislari IT, marketing, qurilish va moliya sohalari vakillari bo‘ldi.