Xitoy kompaniyasi Andijonda qalampirni qayta ishlash loyihasini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Andijon viloyati hokimiligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Xitoyning “Xinjiang Tian jiao Hong an Agricultural” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Tomonlar Andijonda qalampirni qayta ishlash loyihasini tashkil etish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazdi.

Loyihaning umumiy qiymati $10 mlnni tashkil etib, loyihani amalga oshirishda 2 ming gektar yer maydonida qalampir yetishtirish rejalashtirilmoqda. Buning uchun esa mahalliy fermerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolanishi qayd etildi.

Xitoyliklar Andijon fermerlari tomonidan yetishtirilgan qalampirlarni $1,1 narxda sotib olishga tayyorligini bildirdi.

Loyihani ishga tushirilishi natijasida yiliga qariyb $30 mlnlik mahsulot eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Viloyat hokimi taqdim etilgan loyiha bilan tanishib, hamkorlik bo‘yicha dastlabki bosqichdagi kelishuv harakatlari boshlandi.

Avvalroq Andijonda joylashgan “Sino International” kompaniyasi O‘zbekistonda “Nike” brendi poyabzallarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygandi.