“YouTube” smartfonda video tahrirlash imkonini beruvchi “YouTube Create” ilovasini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Bepul ilova AQSh, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Hindiston, Janubiy Koreya va Singapurda Android beta-versiyasida mavjud.

Ilovadan ko‘proq mamlakatlar yaqin kelajakda foydalanishi mumkin, dedi kompaniya.

Qayd etilishicha, kompaniya iOS ilovasini 2024-yilda chiqarishni rejalashtirmoqda.

“YouTube Create” smartfondagi videolarni kesish va tahrirlash, ingliz, hind va ispan tillarida avtomatik subtitrlar qo‘shish (kompaniya yangi tillarni qo‘shishni va’da qiladi), filtrlar, effektlar va boshqalarni qo‘shish, shuningdek, fon shovqinidan tovushni tozalash va ovoz yozish imkonini beradi.

Xizmat kutubxonasida “minglab” qo‘shiqlar va ovoz effektlariga ega. “YouTube” treklar va tovushlarga bo‘lgan huquqlarga ega, shuning uchun ijodkorlar videolarni monetizatsiya qilishlari mumkin.

Tahrirlangandan so‘ng foydalanuvchilar videoni o‘zlarining “YouTube” kanallariga eksport qilishlari mumkin bo‘ladi.

“The Verge” ta’kidlashicha, ilova ko‘proq foydalanuvchilarni “TikTok” bilan raqobatlashadigan Shorts videolarini yaratishga undashi mumkin.


Avvalroq “Spot” “YouTube” ilovasi ham “Shazam” kabi qo‘shiqlarni aniqlashi mumkinligi haqida yozgandi.

“YouTube” qo‘shiqni tanib olishi uchun bor-yo‘g‘i uch soniya yetarli, u o‘sha qo‘shiq haqida tegishli kontentni ko‘rsatadi, rasmiy video (agar mavjud bo‘lsa) va trek ishlatilgan boshqa videolarni topib beradi.