“OpenAI” “ChatGPT"ga chatbotdan javoblar yaratish uchun yangi so‘rov usullarini qo‘shdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Qayd etilishicha, unda matn buyruqlaridan tashqari, tasvirni yuklash va neyron tarmoq bilan ovozli suhbat mavjud bo‘ladi.

Funksiya dastlab, “ChatGPT Plus” abonentlari va chat-botning korporativ foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi, boshqa foydalanuvchilar uchun esa tez orada taqdim etilishi belgilangan.

Ovozli chatlardan faqat ilovada, tasvirlardan esa barcha platformalarda foydalanish mumkin. Bunda, ovozli so‘rovni yuborish uchun sozlamalarga o‘tib, “yangi ilova xususiyatlari” va “ovozli suhbat"ni tanlash kerak.

Undan keyin, asosiy ekranda quloqchinlar tasviri tushirilgan tugma paydo bo‘ladi — uni bosish orqali chat-bot uchun beshta ovozdan birini tanlash mumkin. Neyron tarmoqqa ovoz berish uchun “OpenAI” professional diktorlar bilan hamkorlik qilgan.

Funksiya matnni ovozga aylantiruvchi model, “Whisper” nutqni aniqlash tizimi asosida ishlaydi. Masalan, “Spotify” undan podkastlarni boshqa tillarga ovozli tarjima qilish uchun foydalanadi.

Shuningdek, chat-bot mavjud mahsulotlar asosida retsept taklif qilishi uchun muzlatgich tarkibini suratga olish va rasmlarni yuklash kerak.

Yoki velosipedni suratga olish va ChatGPT’dan uning o‘rindig‘ini qanday tushirishni aytib berishini so‘rash mumkin.


Avvalroq “Spot” “Google” “Bard” chat-botini o‘z xizmatlariga qo‘shgani haqida yozgandi.

Chat-bot foydalanuvchiga Gmail, Documents, Drive va boshqalardan ma’lumotlarni topishi va ko‘rsatishi mumkin.