“WhatsApp” bloklanish tahdidi tufayli Rossiyada kanallarni ochishdan bosh tortdi. Bu haqda “Meta” nashri vakili “The Moscow Times"ga xabar berdi.

Nashr kompaniya qarorini yaqinda Rossiyada messenjerni blokirovka qilish tahdidlari bilan bog‘laydi.

Davlat dumasi deputati Anton Gorelkin va Davlat dumasining axborot siyosati qo‘mitasi raisi Aleksandr Xinshteyn antirossiya xarakteridagi rus tilidagi kanallarning ishga tushirilishi mamlakatda “WhatsApp"ning taqiqlanishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Agar ishga tushirilgandan so‘ng, kanallar orasida taqiqlangan ma’lumotlar paydo bo‘lsa, messenjer haqiqatan ham taqiqlanishi mumkin, deya ma’lum qildi “Roskomnadzor”.

Shu bilan birga, Federatsiya Kengashi Xitoy misolida Rossiya ilovasini ishlab chiqish haqida o‘ylashni taklif qildi.

“WhatsApp” 2023-yil 13-sentabrda 150 ta davlatda kanallar ishga tushirilishini e’lon qildi, biroq funksiya Rossiyada ishga tushirilmadi.


Avvalroq “Spot” “Whatsapp” HD sifatli suratlarni yuborish funksiyasini ishga tushirishi haqida yozgandi.

Yangilanish foydalanuvchilarga surat va tasvirlarni yuqori sifatda yuborish imkonini beradi.