“Binance” Rossiyani tark etadi va mamlakatdagi biznesini “CommEX” markazlashtirilgan kripto almashinuvchisiga sotishini e’lon qildi.
Kompaniya bitim miqdorini oshkor qilmadi, ammo kelishuv doirasida u mamlakatdagi faoliyatini butunlay to‘xtatishini va o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olmaydi.
Kriptovalyuta birjasi bir necha oy ichida qolgan birja xizmatlarini va boshqa biznes sohalarini yopib qo‘yadi va o‘tish davrida foydalanuvchilar bilan uzluksiz muloqot qiladi.
Mavjud foydalanuvchilar va ularning aktivlarini “CommEX” platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish bir yilgacha davom etadi.
“Biz kelajakka nazar tashlar ekanmiz, Rossiyada ishlash “Binance"ning muvofiqlik strategiyasiga mos kelmasligini tan olamiz. Biz “Web3” sanoatining global miqyosda uzoq muddatli o‘sishiga ishonchimiz komil va o‘z kuchimizni o‘zimiz faoliyat yuritayotgan yuzdan ortiq mamlakatlarda “Binance"ni rivojlantirishga qaratamiz”, — dedi “Binance” kompaniyasining muvofiqlik bo‘yicha bosh direktori Noa Perlman.
2023 yil mart oyida “Binance” rossiyaliklar uchun p2p xizmati orqali dollar va yevro sotib olish va sotishni yopdi va buni Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining o‘ninchi paketini qabul qilish bilan izohladi.
Avgust oyida u rossiyaliklarga rubldan boshqa valyutalar bilan p2p xizmati orqali tranzaktsiyalarni amalga oshirishni taqiqladi.
Sentabr oyida OAVda birjaning Rossiya bo‘limining ikki top-menejyeri kompaniyani tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Avvalroq “Spot” “Binance” rossiyaliklar uchun 10 ming yevrolik hisob cheklovini olib tashlagani haqida yozgandi.
Mazkur cheklov 2022-yil aprel oyida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar paketi doirasida joriy qilingandi.