Yangi yuk tashuvchi transportlar utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi. Bu bo‘yicha prezidentning tegsihli farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan, “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonga qo‘shimcha kiritildi.

Unga ko‘ra, 2024-yilgacha yangi yuk tashuvchi transport vositalarini (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704 32 9209) import qilishda bojxona boji stavkasi 5% miqdorida o‘rnatiladi va ular utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.

Joriy yilning iyun oyida prezident qarori bilan, ayrim toifadagi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari kamaytirilishi belgilangandi.

Xususan, dvigatel hajmi 1000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun 0%, 1 200 sm kubdan yuqori bo‘lmagan avtomobillar uchun esa 5% miqdorida bojxona boji qo‘llaniladi.