“Getty Images” sun’iy intellektga asoslangan yangi dasturni ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “ixbt” nashri.

Qayd etilishicha, yangi dastur “Generative AI” vositasi “Nvidia” sun’iy intellekt modeliga asoslangan.

Neyron tarmoq xizmatning keng qamrovli standart kutubxonasining bir qismida (taxminan 477 mln tasvir) o‘qitilgan.

“OpenAI” DALL-E 3 va Midjourney kabi mashhur matndan tasvirga platformalar singari, “Getty” vositasi tasvirlarni matn tavsiflari yoki maslahatlar asosida yaratadi.

“Getty Images” tomonidan qayd etilganidek, “Generative AI” yordamida vizual effektlarni yaratgan va yuklagan foydalanuvchilar bepul standart “Getty” litsenziyasiga ega bo‘ladilar.

U mualliflik huquqi da’volaridan himoyalanish va barcha ommaviy axborot vositalarida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, “Getty Images” “Generative AI” bilan yangi mukofot tizimini ham ishga tushirmoqda.

Fotoagentlik har yili o‘zining sun’iy intellekt vositasi yordamida olingan foydani ijodkorlar bilan baham ko‘radi.

“Getty” o‘z modelining joriy va kelajakdagi versiyalarini o‘rgatish uchun foydalanuvchi tomonidan yaratilgan tasvirlardan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Qancha daromad olish foydalanuvchining saytga qancha fayl yuklashiga, shuningdek, an’anaviy litsenziyalash orqali qancha daromad olishiga bog‘liq bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “OpenAI” “ChatGPT"ga ovozli chatlarni qo‘shgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, unda matn buyruqlaridan tashqari, tasvirni yuklash va neyron tarmoq bilan ovozli suhbat mavjud bo‘ladi.

Funksiya dastlab faqat pulli obunachilar uchun mavjud bo‘lib, keyinchalik undan hamma foydalanishi mumkin