“YouTube” “Premium Lite” reklamasiz obunasini bekor qilmoqda, deya xabar berdi “The Verge” nashri

Qayd etilishicha, “YouTube” ba’zi mamlakatlarda reklamasiz videolarni tomosha qilish uchun arzon obuna rejasi bo‘lgan “Premium Lite"ni ikki yil sinovdan o‘tkazganidan so‘ng, platforma uni o‘chiradi.

Mijozlarga elektron pochta orqali “YouTube” 2023-yil 25-oktabrdan keyin “Premium Lite"ni taklif qilmasligini ma’lum qilingan.

Oyiga 6,99 yevrolik “YouTube Premium Lite” rejasi birinchi marta 2021-yilda Yevropaning ayrim mamlakatlarida, jumladan Belgiya, Daniya, Finlyandiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya va Shvetsiyada ishga tushirilgan.

U “YouTube"ning barcha ilovalari va formatlarida reklamasiz ko‘rishni taklif qiladi, biroq oflayn yuklab olish, fonda ijro etish yoki “YouTube Music"ning afzalliklari kabi boshqa Premium funksiyalariga ega emas.

Ma’lum qilinishicha mavjud “Premium Lite” obunachilari tez orada ikkita variantga ega bo‘lishadi.

Bu reklama qo‘llab-quvvatlanadigan “YouTube” tomoshasiga qaytish yoki qimmatroq “YouTube Premium"ga obuna bo‘lish, jumladan “YouTube Music”.

Foydalanuvchilarga o‘zgartirish haqida xabar beruvchi elektron pochta xabarida “YouTube Lite” obunachilariga, ular ilgari sinovdan foydalangan yoki yo‘qligidan qat’i nazar, “YouTube Premium"ning bir oylik bepul sinov muddatini taklif qilishini aytadi.

Unda qayd etilishicha, abonentlar taklifdan foydalanish uchun Lite obunasini bekor qilishlari yoki bekor qilinmaguncha kutishlari kerak.

Iyul oyida “YouTube” AQShda “Premium” va “Music” obunalari narxlarini oshirdi.


Avvalroq “Spot” “YouTube” smartfonda video tahrirlash imkonini beruvchi ilovani taqdim qilgani haqida yozgandi.

Undan hozircha ayrim mamlakatlarda Android beta-versiyasida foydalanish mumkin.