1-oktabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Afrosiyob” elektropoyezdining ayrim yo‘nalishlariga qo‘shimcha qatnovlar qo‘yilmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 29-sentabr kuni 780/779-sonli “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 1ta reys qatnovi amalga oshiriladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
780-sonli “Toshkent-Qarshi” yo‘nalishi:
- Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21.
779-sonli “Qarshi-Toshkent” yo‘nalishi:
- Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.
Shuningdek, 30-sentabr kunidan va 1−2 oktabr kunigacha 767/768-sonli “Samarqand-Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati quyidagi jasval asosida harakatlanadi:
767-sonli “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi:
- Samarqand 11:09 — Toshkent 13:18.
768-sonli “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi:
- Toshkent 13:41 — Samarqand 15:48.
Qatnovlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.