“Meta” jonli efir imkoniyatiga ega bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarini namoyish etdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.
Ularni oldindan buyurtma qilish mumkin va 17-oktabrdan sotuvga chiqariladi, narxi $299dan boshlanadi, deb yozadi “The Verge”.
Qurilma 1080p o‘lchamdagi fotosuratlar va videolar uchun 12 megapikselli kamera bilan jihozlangan. Foydalanuvchi har birining maksimal davomiyligi 30 soniya bo‘lgan 500 ga yaqin surat va 100 ta klipni saqlashi mumkin. Ko‘zoynak “Meta View” ilovasi bilan sinxronlanadi.
Endi “Facebook” va “Instagram"da jonli translatsiyani qo‘llab-quvvatlash ham mavjud.
Yozish paytida ko‘zoynaklar boshqalarga yozib olinayotgani haqida ogohlantirish uchun miltillaydi. Ko‘zoynaklar, shuningdek, oldingi modelga qaraganda 50% baland ovozli dinamiklar va beshta mikrofonga ega.
Qurilma Qualcomm Snapdragon AR1 Gen 1 protsessorida ishlaydi. Batareya quvvati faol foydalanish uchun to‘rt soatdan olti soatgacha yetadi.
“Meta” 2021-yilda quloqchinlarsiz video suratga olish va musiqa tinglash imkoniyatiga ega o‘zining birinchi aqlli ko‘zoynaklarini chiqardi.
Kompaniya 300 mingga yaqin mahsulot sotgan, biroq oyiga atigi 27 ming kishi ulardan faol foydalanadi, deb yozgan “WSJ” 2023-yil avgustida ichki hujjatlarga tayanib.
Avvalroq “Spot” “Meta” yuzdan ortiq tillardan tarjima qilish uchun neyron tarmoqni taqdim etgani haqida yozgandi.
“SeamlessM4T” neyron tarmog‘i nutqni va uning transkripsiyasini uzluksiz sinxron tarjima qilishi mumkin.