29-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Uchtepa tumani: “Bog‘ichinor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Bektemir tumani: “Gulbog‘” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, 28-sentabr kuniga o‘tar kechasi Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida sodir bo’lgan portlash natijasida elektr energiyasi bilan ta’minlash va zarar ko’rgan elektr tarmoqlarini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasining Toshkent shahar hududiy filiali tasarrufidagi barcha tuman korxonalarining 15ga yaqin texnika va 130dan ortiq ishchi-xodimi jalb qilingan.


Joriy yilning 1-oktabridan tadbirkorlar uchun elektr energiyasi va gaz tariflari oshiriladi.