Joriy yilning sakkiz oyida savdo sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan Top-20ta korxona ma’lum qilindi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha yanvar-avgust oylarida 150 427 ta yuridik shaxs tomonidan 13,6 trln so‘m soliq to‘langan.

Unga ko‘ra, mazkur davrda eng ko‘p soliq to‘lagan korxona “Korzinka” (Anglesey Food) supermarketlar tarmog‘i bo‘ldi.

Bu davrda korxonaning tovar aylanmasi 4,9 trln so‘mni, to‘langan soliqlari hajmi 143,2 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bunda tashqari korxonaga 0,3 mlrd so‘m miqdorida soliq imtiyozlari qo‘llanilgan.

Undan keyingi o‘rinlarda 89,2 mlrd so‘m bilan “Roodell”, 84,3 mlrd so‘m soliq bilan “Intermax Petroleum” turibdi.

Soliq to‘lagan korxonalar

To‘langan soliq miqdori

Korzinka (Anglesey Food)
143,2 mlrd so‘m
Roodell
89,2 mlrd so‘m
Intermax Petroleum
84,3 mlrd so‘m
Trade Group
70,1 mlrd so‘m
UNG Petro
66,9 mlrd so‘m
Nestle Food
65,4 mlrd so‘m
Tashkent Tobacco Distribution
59 mlrd so‘m
Torgoviy Dom Metallo-Invest Vostok
56,9 mlrd so‘m
Unitrade Co
52,7 mlrd so‘m
Balton Trading Asia
50,9 mlrd so‘m

To‘langan soliqdan 1,1 trln so‘mi, ya’ni 8,3%i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 24,1 trln so‘mni tashkil etgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 437,1 mlrd so‘mga yetgan.

Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS — 445,6 mlrd so‘m;
  • foyda solig‘i — 310,4 mlrd so‘m;
  • JSHODS — 172,4 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq — 71,6 mlrd so‘m;
  • aksiz solig‘i — 68,5 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i — 15,9 mlrd so‘m;
  • yer solig‘i — 8,2 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar — 34 mlrd so‘m.

2022-yilning yanvar-noyabr oylari davomida sohalardagi soliq tushumlariga oid ma’lumotlarga ko‘ra, 144 149 ta korxona tomonidan 12,7 trln so‘m soliq to‘langan bo‘lib, eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya “UNG PETRO” bo‘ldi — 145,8 mlrd so‘m.

Undan keyingi yetakchilikni 137,5 mlrd so‘m bilan “Anglesey Food” (“Korzinka”) hamda 84,6 mlrd so‘m bilan “Trade Group LTD” kompaniyalari egalladi.