Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
U 2020-yilning may oyidan buyon “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Aziz Akbarjonov 1985-yili tug‘ilgan. Faoliyati davomida “O‘zmilliybank"da qator rahbar lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank” Ijro apparati va loyiha boshqaruvi departamenti direktori, undan keyin esa mazkur bankning Kredit bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Akbarjonov 2020-yili “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Avvalroq “O‘zsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev “Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruvi raisi etib tayinlangandi.