Avvalroq Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakatlanishiga cheklov o‘rnatilgandi.
Joriy yilning 3-oktabridan yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik bepul yo‘nalish tashkil etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 3M-sonli 2ta mikroavtobus harakati “Xalqaro aeroport” bekatini ko‘prik yo‘li orqali “Yakkasaroy TIIB” bekati bilan bog‘laydi.
Avvalroq avtobus yo‘nalishlarining harakatiga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilgandi:
- 11, 67, 76, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidagi Yakkasoy TIIB bekatida vaqtinchalik qisqartiriladi;
- 40-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, T.Shevchenko, Turkiston, KHY, Sariko‘l, Temiryo‘lchilar, H.Aliyev, S.Banokatiy ko‘chalari orqali “RET” zavodi bekatida vaqtinchalik qisqartiriladi;
- 77-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
- 106-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Aeroport-2 bekatidan Qumariq, Lokomotiv, Temiryo‘lchilar, Sariko‘l, KHY, Kichik Beshyog‘och, A.Qahhor-7, A.Qahhor, Nukus, Bobur ko‘chalari rqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
- 61-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Aeroport-2 bekatida vaqtinchalik qisqartiriladi;
- 47-sonli avtobus yo‘nalishining harakati vaqtinchalik Xalqaro aeroport-2 bekatidan Qumariq (ortga qaytish), THAY, Fayzli, Sh.Rustaveli, Bobur ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
- 45-sonli avtobus yo‘nalishining harakati vaqtinchalik “To‘qimachilik” kombinati bekatida qisqartiriladi. Yo‘nalishning keyingi harakati Qushbegi, Sh.Rustaveli, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Fayzli, THAY ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.
Sentabr oyi boshida Toshkentda qo‘shimcha 7ta avtobus yo‘nalishlari tashkil etilgandi.