“Meta” yevropaliklarga “Facebook” va “Instagram” platformalari foydalanuvchilariga reklamani o‘chirib qo‘yishning pullik variantini taklif qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Wall Street Journal” nashri.

Nashrning ta’kidlashicha, yangilik ushbu xizmatlarning yevropalik foydalanuvchilariga ta’sir qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, narx ilova ishlatiladigan qurilmaga bog‘liq bo‘ladi.

Bunda o‘z akkauntlariga kompyuterdan kirgan foydalanuvchilar tomonidan oyiga taxminan $10,5, smartfonlardan foydalanishni afzal ko‘rganlar uchun narx $14 atrofida bo‘ladi.

“Facebook” va “Instagram"dan bepul foydalanish mumkin bo‘ladi, ammo bu holda akkaunt egasi shaxsiylashtirilgan reklamani ko‘radi.

Avgust oyida “Facebook” va “Instagram” Yevropadagi foydalanuvchilarga tavsiyalarni butunlay o‘chirib qo‘yish imkonini berishi haqida xabar berilgandi.

“Meta” Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritdi.

Unga ko‘ra, yirik platformalar foydalanuvchilari uchun tavsiya qiluvchi algoritmlarni o‘chirib qo‘yishlari kerak.

Korporatsiya yaqin oylarda yevropalik foydalanuvchilar uchun pullik obunani joriy etish rejalarini rasman e’lon qilishi mumkin.

Avvalroq Ilon Mask “X” ijtimoiy tarmog‘ini (sobiq Twitter) pullik asosga o‘tkazish rejasini e’lon qilgandi.

Shu tarzda, milliarder “botlar armiyasi” bilan kurashishni kutmoqda. Maskning so‘zlariga ko‘ra, yangi chora botlarga akkaunt yaratishni qiyinlashtiradi, chunki har bir akkauntga kirish uchun to‘lovni amalga oshirish uchun alohida to‘lov vositasi talab qilinadi.


Avvalroq “Spot” “Meta” “Messenger” uchun sun’iy intellektga asoslangan chat-botlarni taqdim etgani haqida yozgandi.

Chat-botlar har biri o‘ziga xos xususiyat va ixtisoslikka ega bo‘lib, foydalanuvchi savollariga javob beradi.