Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki raisi joriy yilning olti oyida xorijdan mamlakatga $5,2 mlrd miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgani haqida xabar bergandi.

Pul o‘tkazmalarining qariyb 80%i Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi, deydi regulyator rahbari.

Shuningdek, Rossiya Qozog‘istonga o‘tkazmalar hajmi bo‘yicha yetakchiligicha qolmoqda.

Yanvar-iyun oylarida Rossiyadan mamlakatga 62,5 mlrd tenge, birgina avgust oyida 7,5 mlrd tenge (taxminan 1,6 mlrd rubl) o‘tkazilgan.

Iyul oyida AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) “Unistream"ni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi.

Shundan so‘ng Armaniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondagi bir qancha banklar to‘lov tizimi bilan hamkorlikni to‘xtatgandi.

Keyinchalik “Unistream” to‘lov tizimi O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda davom etayotgani va pul o‘tkazmalari limitlarini oshirayotgani haqida ma’lum qildi.


Avvalroq “Spot” “Oson” va “PayWay” xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘xtatib qo‘ygani haqida yozgandi.

Bu Markaziy bankning 5-sentabrdan mamlakatdagi to‘lov tashkilotlariga transchegaraviy to‘lovlarni amalga oshirishni vaqtincha o‘chirib qo‘yish topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.