Avvalroq joriy yilning 1-oktabridan Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida ko‘prik yo‘li orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklanishi ma’lum qilingandi.
Oy boshida e’lon qilingan mazkur ko‘chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakatiga oid chizma bekor qilinib, qayta ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, avtobus yo‘nalishlarining harakatiga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritilgan:
- 11, 67, 76, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidagi Yakkasoy TIIB bekatida vaqtinchalik qisqartiriladi;
- 40-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, T.Shevchenko, Turkiston, KHY, Sariko‘l, Temiryo‘lchilar, H.Aliyev, S.Banokatiy ko‘chalari orqali “RET” zavodi bekatida vaqtinchalik qisqartiriladi;
- 77-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
- 106-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Aeroport-2 bekatidan Qumariq, Lokomotiv, Temiryo‘lchilar, Sariko‘l, KHY, Kichik Beshyog‘och, A.Qahhor-7, A.Qahhor, Nukus, Bobur ko‘chalari rqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
- 61-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Aeroport-2 bekatida vaqtinchalik qisqartiriladi;
- 47-sonli avtobus yo‘nalishining harakati vaqtinchalik Xalqaro aeroport-2 bekatidan Qumariq (ortga qaytish), THAY, Fayzli, Sh.Rustaveli, Bobur ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
- 45-sonli avtobus yo‘nalishining harakati vaqtinchalik “To‘qimachilik” kombinati bekatida qisqartiriladi. Yo‘nalishning keyingi harakati Qushbegi, Sh.Rustaveli, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Fayzli, THAY ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.
Avvalroq Toshkent aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminali oldidagi maydon ikki haftalik rekonstruksiyadan keyin qayta ochilgandi.