E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
“Spot” O‘zbekiston banklarida milliy valyutadagi oflayn va onlayn omonatlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
Hozirda mavjud 35 ta bankdan 26 tasida milliy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular olti oydan uch yilgacha saqlanadi.
Omonatlarni bank filaliga borgan holda (oflayn) va uydan chiqmasdan, masofadan turib (onlayn) ham ochish mumkin. Onlayn depozitlar bank filiallarida ro‘yxatdan o‘tishga qaraganda 1−3% yuqori foiz stavkasida taqdim etiladi.
Maqola chop etilgan vaqtda onlayn omonatlarning eng yuqori stavkasini (26%) “Davrbank” 13 oyga, (25%) “TBC Bank” va “Garant bank” 13 oyga, “Anorbank” 24 oyga, “Kapitalbank” 36 oyga joylashtirish bilan taklif qilmoqda.
Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda onlayn depozit qo‘yishning minimal miqdori 500 ming, oflaynda esa 1 mln so‘mni tashkil qiladi.
Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Minimal summa | Muddati (oy) | Rasmiylashtirish | ||
Davrbank* | 26% | 1 mln so‘m | 13 | onlayn | ||
24% | 100 ming so‘m | 24 | onlayn/oflayn | |||
TBC Bank | 25% | 100 ming so‘m | 24 | onlayn | ||
18 | ||||||
13 | ||||||
Anorbank* | 25% | 1 mln so‘m | 24 | onlayn | ||
Garant bank* | 25% | 1 mln so‘m | 13 | oflayn | ||
Kapitalbank* | 25% | 1 mln so‘m | 36 | onlayn/oflayn | ||
Madad Invest Bank* | 24% | 1 mln so‘m | 13 | oflayn | ||
23% | 12 | |||||
Ziraat Bank Uzbekistan* | 24% | 3 mln so‘m | 24 | onlayn/oflayn | ||
23% | 13 | |||||
Asia Alliance Bank* | 24% | 1 mln so‘m | 24 | onlayn | ||
23% | 10 mln so‘m | oflayn | ||||
Agrobank* | 23% | 500 ming so‘m | 13 | onlayn | ||
22% | oflayn | |||||
Universalbank* | 23% | 100 ming so‘m | 13 | onlayn | ||
22% | 500 ming so‘m | 22 | onlayn/oflayn | |||
Aloqabank | 23% | 100 ming so‘m | 24 | onlayn/oflayn | ||
22% | 50 ming so‘m | 12 | ||||
Xalq Banki* | 23% | 100 ming so‘m | 24 | onlayn | ||
Trastbank* | 23% | 500 ming so‘m | 24 | onlayn/oflayn | ||
Mikrokreditbank* | 23% | 100 ming so‘m | 12−24 | onlayn | ||
22% | oflayn | |||||
Tenge Bank | 23% | 100 mln so‘m | 13 | onlayn/oflayn | ||
22% | 10 mln so‘m | 1000 so‘m | oflayn | onlayn | ||
Ipotekabank* | 22% | 100 ming so‘m | 24 | onlayn | ||
Turonbank* | 23,2% | 1 mln so‘m | 18 | onlayn | ||
Asakabank* | 22% | 500 ming so‘m | 24 | onlayn | ||
21% | oflayn | |||||
Hamkorbank* | 23% | 2 mln so‘m | 24 | onlayn | ||
22% | 18 | onlayn/oflayn | ||||
13 | ||||||
Qishloqqurilishbank* | 21% | 1 mln so‘m | 7 | oflayn | ||
6 | onlayn | |||||
O‘zmilliybank* | 22% | 500 ming so‘m | 6 | onlayn | ||
21% | oflayn | |||||
Infinbank | 22% | 1 mln so‘m | 18 | oflayn/onlayn | ||
Sanoatqurilishbank* | 20% | 500 ming so‘m | 13 | onlayn/oflayn | ||
19% | 100 ming so‘m | |||||
Poytaxt bank | 17% | 5 mln so‘m | 36 | onlayn | ||
16% | 1 mln so‘m | oflayn | ||||
Ipak yo‘li banki | 17% | 1 mln so‘m | 12 | onlayn | ||
16% | 25 | |||||
Orient Finans Bank | 16% | 10 mln so‘m | 10 | onlayn | ||
15% | oflayn |
*Depozitni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.