Amerikalik tadbirkor Ilon Mask “Forbes” talqini bo‘yicha AQShning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.
Hozirda “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalari egasining boyligi $251 mlrdga baholanmoqda.
Ikkinchi o‘rinni Amerikaning “Amazon” korporatsiyasi asoschisi Jeff Bezos $161 mlrd boylik bilan egalladi.
Uchinchi o‘rinda “Oracle” korporatsiyasi asoschisi va sobiq bosh direktori Larri Ellison $158 mlrd bilan turibdi.
Undan keyingi o‘rinni “Berkshire Hathaway” xolding-kompaniyasi bosh direktori Uorren Baffet $121 mlrd eggalagan bo‘lsa, kuchli beshlikni $114 mlrd bilan “Google” asoschilaridan biri Larri Peyj yakunladi.
Kuchli o‘ntalikda Bill Geyts ($111 mlrd,) Sergey Brin ($110 mlrd), Mark Sukerberg ($106 mlrd), Stiv Balmer ($101 mlrd) va Maykl Blumberg ($96,3) mlrd bor.
Avvalroq lon Mask “Bloomberg Billionaires Index” talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egallagandi.
1-iyun holatiga, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbarining boyligini $192 mlrdga baholamoqda.
Ikkinchi o‘rinda “Louis Vuitton Moet Hennessy” (LVMH) rahbari va egasi Bernard Arno, uning boyligi $187 mlrdga baholangan.
Kuchli uchlikni “Amazon” asoschisi Jeff Bezos $144 mlrd boyligi bilan yakunladi.
Avvalroq “Forbes” jurnali dunyodagi eng boy odamlarning 37-yillik reytingini e’lon qilgandi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni $211 mlrd boylik bilan Bernard Arno, ikkinchi o‘rinni esa $180 mlrd bilan Ilon Mask egallagandi.
Kuchli beshlikda Jeff Bezos $114 mlrd, Larri Ellison $107 mlrd, Uorren Baffet $106 mlrd boylik bilan turibdi.
Avvalroq “Spot” Ilon Mask shaxsiy boyligini yo‘qotish bo‘yicha “Ginness rekordlari kitobi"ga kiritilgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, 2022-yilda Maskning boyligi rekord darajada, ya’ni $200 mlrdga kamaygan.