2024-yil 1-martdan “Roskomnadzor” barcha VPN xizmatlarini bloklashi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” nashri Federatsiya kengashi huzuridagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kengashi raisi o‘rinbosari, senator Artem Sheykinga asoslanib xabar qildi.

“2024-yilning 1-martidan boshlab Rossiyada taqiqlangan saytlarga kirishni ta’minlovchi VPN xizmatlari barcha bozorlarda Roskomnadzor tomonidan bloklanishi haqidagi buyruq kuchga kiradi”, — dedi Sheykin.

Senatorning ta’kidlashicha, buyruq, xususan, Rossiyada taqiqlangan “Instagram"ga kirishni ta’minlovchi VPN xizmatlariga tegishli.

Sheykinning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarning “Meta” mahsulotlariga kirishini cheklash ayniqsa muhimdir.

Qayd etilishicha, “Play Market” va “AppStore”, agar ular bloklangan resurslarga kirishni ta’minlasa, bloklanadi.

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qarori loyihasiga ko‘ra, “Roskomnadzor” blokirovkani chetlab o‘tish yo‘llari va usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan internet sahifalarini Yagona reyestrga kiritish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.

Tegishli vakolatlarni olgandan so‘ng, internetdagi bunday ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallarda baholash mezonlarini ishlab chiqadi va idoraviy buyruq bilan tasdiqlaydi deyiladi “Roskomnadzor” xabarida.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda mobil VPN ommaviylashib ketgani haqida yozgandi.

“Facebook” tarmog‘iga ulanishdagi qiyinchilik VPN ilovasining ommaviylashuviga olib keldi.