O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, agentlik mamlakatning “The International People Placement” tashkiloti bilan mehmonxona va restoran sohalari bo‘yicha fuqarolarni jalb qilmoqda.
Ish taklifi quyidagi sohalar uchun bildirilmoqda:
- mehmonxona xodimi;
- restoran xizmatchisi;
- restoranda tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis;
- oshpaz va oshpaz yordamchisi.
Oylik maosh 1800 yevroni (soliqlar ushlangandan keyin) tashkil etadi. Aeroportdan turar joygacha transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi hamda arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘maklashiladi.
Ish vaqti haftasiga 40 soatni, sinov muddati esa 1−4 oyni tashkil etadi. Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
- nemis tilidan B1 sertifikat (Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC);
- turizm yoki mehmonxona yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomi;
- 18 yoshdan 30 yoshgacha.
Bulardan tashqari, talablar qatorida sog‘lom, sudlanmagan, tartibli, do‘stona hamda xushmuomala bo‘lish kabilar ham bor.
Ro‘yxatdan havola orqali o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumotlarni 71 202−33−55 (ichki raqam 84) raqamidan olish mumkin.
Avvalroq o‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga ishga taklif qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplab berilib, yiliga $31,1 ming miqdorida ish haqi ajratiladi.