Rossiyaning “Kama” avtokompaniyasi O‘zbekistonda “Atom” elektromobillarini ishlab chiqarishni boshlashi mumkin. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvachga tayanib “Vechernyaya Kazan” gazetasi xabar berdi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo hamkorlik forumi chog‘ida Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari o‘rinbosari Volvach o‘zbekistonlik hamkorlar “Atom"ning mamlakatda keng ko‘lamli yig‘ilishiga qiziqish bildirayotganini qayd etdi.
“Kelgusida O‘zbekistonda elektromobil ishlab chiqarish mahalliylashtirilishi mumkin”, dedi Dmitriy Volvach.
Bundan tashqari, u Tatariston avtomobilini “o‘tkir va yuqori sifatli elektromobil” deb ta’rifladi.
Joriy yilning aprel oyida “AvtoVAZ” kompaniyasi O‘zbekistonda yangi “Lada Vesta” avtomobillarini yig‘ishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.
Bundan tashqari, aprelda Jizzax viloyatida O‘zbekiston-Tatariston ikkinchi qo‘shma texnoparki ochildi. U O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning ishlab chiqarishini mahalliylashtirishga qaratilgan.