“Google” sun’iy intellektga ega “Assistant"ning generativ versiyasini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “The Verge” nashri.

U foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatish uchun generativ sun’iy intellektdan foydalanadigan “Bard with Assistant” deb nomlanadi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi sun’iy intellekt yordamchisi keyingi safarni rejalashtirishda yordam berish, tafsilotlar uchun elektron pochta qutini qidirish va hatto xaridlar ro‘yxatini yaratish kabi ishlarni bajarishi mumkin.

“Bard with Assistant” ham ma’lumotlarni topish va umumlashtirishga yordam berish uchun kompaniyaning “Gmail” va “Docs” kabi mavjud ilovalari bilan birlashadi.

Bundan tashqari, ushbu vosita bilan matn, ovoz yoki tasvirlar yordamida o‘zaro aloqada bo‘lish mumkin.

Shuningdek, u matnli xabar yuborish kabi ishlarni bajarishga imkon beruvchi ba’zi asosiy “Assistent” xususiyatlarini saqlab qoladi.

Uning imkoniyatlariga misol tariqasida, “Google” ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmoqchi bo‘lgan suratning “tepasiga Bard qoplamasini qo‘yish” va “Bard with Assistant"dan sarlavha yaratishni so‘rash mumkinligini aytadi.

Kompaniya uni tez orada sinovchilarga taqdim etadi, keyinchalik yaqin oylarda Android va iOS foydalanuvchilariga taqdim qilinadi.


Avvalroq “Spot” “Google” “Bard” chat-botiga xotira funksiyani qo‘shishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Yangilik botga foydalanuvchi bilan o‘tgan suhbatlardagi ma’lumotlar asosida muloqot o‘tkazish imkonini beradi.