“Meta” “Reality Labs” bo‘limi xodimlarini ishdan bo‘shatishga qaror qildi, deya xabar bermoqda “CNBS” nashri.

Ma’lum qilinishicha, ularning vazifasi “Metaverse” deb ataladigan virtual va kengaytirilgan reallik (VR va AR) qurilmalarini yaratishga qaratilgan.

Seshanba kuni “Meta” “Workplace"ning ichki muhokama forumidagi postda xodimlar ishdan bo‘shatilganlar haqida xabardor qilindi.

Xabarda aytilishicha, ular chorshanba kuni ertalab kompaniyadagi holati to‘g‘risida xabardor qilinadi.

“Meta” tomonidan hech qanday rasmiy izoh berilmagan va ishdan bo‘shatilganlar soni noma’lum.

“CNBC” nashrining ma’lum qilishicha, mazkur bo‘limda 600 kishi ishlaydi.

“FAST” bo‘limiga “Meta Reality Labs” bo‘limi tomonidan ishlab chiqarilgan kengaytirilgan va virtual haqiqat uskunalarini quvvatlantirish uchun maxsus chiplarni ishlab chiqish vazifasi yuklangan.

“Meta” hozirda Quest nomli aralash reallik garnituralarini va Ray-Ban ko‘zoynak ishlab chiqaruvchi “EssilorLuxottica” bilan ishlab chiqilgan aqlli ko‘zoynaklar qatorini ishlab chiqarmoqda.

Ular videoni translatsiya qilishlari va sun’iy intellektga asoslangan yangi virtual yordamchi orqali foydalanuvchilar bilan gaplashishlari mumkin.

Mart oyida “Meta” yana 10 ming nafar xodimni ishdan bo‘shatishi haqida xabar bergandi.

Ishdan bo‘shatish uch bosqichda amalga oshirilib, may oyi oxirida to‘liq yakunlanishi ma’lum qilingandi.

Qisqartirishlar ishga qabul qilish qismiga, texnik lavozimlar va biznes rollari bo‘lgan xodimlarga ta’sir qildi.

Shuningdek, kompaniya yangi ochilgan 5 mingta bo‘sh ish o‘rinlarini yopishini e’lon qilgan.


Avvalroq “Spot” “Meta” jonli efir qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarini namoyish etgandi.

Mazkur ko‘zoynakda “Facebook” va “Instagram"da jonli translatsiyani amalga oshirish funksiyasi ham mavjud.