Endilikda maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida transport vositasining tezligi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus moslamalar yordamida nazorat qilinadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o‘tib ketib 300 metrdan kam masofada avtomobil tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanshga ruxsat etiladi.
Joriy yilda Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi.
Avvalroq qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning avtomobillarni boshqarishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi holatlarni aniqlashi ma’lum qilingandi. Mazkur qoidalarga amal qilmaslik BHMning 50%i (165 ming so‘m) midqorida jarima solishga sabab bo‘ladi.