Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin tor doiradagi uchrashuvdan so‘ng muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi.

Sanoat kooperatsiyasini, mashinasozlik, metallurgiya, energetika, qayta ishlash, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda kengaytirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi qo‘shma guruh tuzilgan.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator boshqa kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilishdi.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari tomonidan imzolangan 10ta hujjat almashildi. Ular qatorida quyidagi kelishuvlar mavjud:

  • Samarqandda Rossiyaning bosh konsulxonasini ta’sis etish;
  • vakolatli iqtisodiy operator institutlarini o‘zaro tan olish;
  • “Agroekspress” tezkor temir yo‘l tashuvlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish;
  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024−2025 yillar uchun hamkorlik dasturi.

Shuningdek, transport, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

Avvalroq Kremlda Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi o‘tkazilgandi.