E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
“Spot” O‘zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi oflayn va onlayn depozitlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.
Mavzuga doir: so‘mdagi eng daromadli omonatlar bilan bu yerda tanishish mumkin.
Hozirda mavjud 35 ta bankdan 21 tasida xorijiy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular olti oydan uch yilgacha saqlanadi.
Depozitlarni oflayn tarzda ham, onlayn ham ochish mumkin. Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda oflayn depozit qo‘yishning minimal miqdori $10, onlaynda esa $500ni tashkil qiladi.
Maqola chop etilgan vaqtda mazkur valyutadagi omonatlarning eng yuqori stavkasi (8%) — “Garantbank”, undan keyin esa (7,5%) “Ziraat Bank Uzbekistan” va “Asakabank”da taklif etilmoqda. “Turonbank” 7,2%, “Agrobank”, “Мikrokreditbank”, “Кapitalbank” va “Аnorbank” esa 7%lik omonat turini taklif qiladi.
Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.
Bank nomi | Stavka | Minimal summa | Muddati | To‘ldirish/qisman yechib olish | Rasmiylashtirish |
Garantbank* | 8% | $500 | 24 oy | +/+ | onlayn/oflayn |
Ziraat Bank Uzbekistan* | 7,5% | $500 | 36 oy | -/- | onlayn/oflayn |
Asakabank* | 7,5% | $50 | 24 oy | +/- | onlayn/oflayn |
Turonbank* | 7,2% | cheklanmagan | 18 oy | +/- | onlayn/oflayn |
Аgrobank* | 7% | $100 | 24 oy | -/- | onlayn/oflayn |
6,5% | |||||
Мikrokreditbank* | 7% | $100 | 24 oy | +/- | oflayn |
Кapitalbank* | 7% | $100 | 25 oy | -/- | oflayn |
Аnorbank* | 7% | $1000 | 24 oy | +/+ | onlayn |
Universalbank* | 6,5% | $500 | 15 oy | +/- | onlayn/oflayn |
Аloqabank* | 6,5% | $100 | 24 oy | +/+ | onlayn |
6% | 12 oy | onlayn/oflayn | |||
InfinBank* | 6,5% | $1000 | 18 oy | +/+ | onlayn/oflayn |
6% | $500 | -/- | |||
Hamkorbank* | 5,5% | $500 | 18 oy | +/- | oflayn |
Madad Invest Bank* | 5% | $100 | 12 oy | +/- | oflayn |
O‘zmilliybank* | 5% | $50 | 18 oy | +/- | onlayn/oflayn |
27 oy | |||||
Asia Alliance Bank* | 5% | $100 | 18 oy | -/- | onlayn |
Qishloq qurilish bank | 2−5% | $100 | 36 oy | +/- | oflayn |
Xalq banki | 4,5% | $10 | 18 oy | +/- | oflayn |
Sanoatqurilishbank | 4% | $500 | 6 oy | -/- | onlayn/oflayn |
Ipak Yo‘li Banki* | 3% | $500 | 12 oy | -/- | oflayn |
Poytaxt bank* | 3% | $100 | 25 oy | -/- | onlayn/oflayn |
Orient Finans Bank* | 2,5% | $5000 | 500 kun | -/- | onlayn/oflayn |
*Omonatni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud. Saqlash muddatiga qarab foizlar kamaytirilishi yoki to‘lanmasligi mumkin.