“El-yurt umidi” jamg‘armasi joriy yil uchun ikkinchi stipendiya tanloviga arizalar qabul qilmoqda.
Unda yoshlar, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislari bakalavriat, magistratura hamda PhD darajalari uchun ishtirok etishlari mumkin.
Jamg‘arma joriy yilgi ikkinchi tanlovda 2023−2024 o‘quv yili uchun 345 o‘ringa (jami 500 o‘rinli kvotadan qolgan vakant) mo‘ljallangan grantlarni taqdim etadi hamda ular quyidagicha taqsimlanadi:
- bakalavriatura — 22 o‘rin;
- magistratura — 193 o‘rin;
- doktorantura — 130 o‘rin.
Stipendiya tanlovi uchun o‘rin ajratishda mamlakatda ancha tanqis hisoblangan arxitektura va dizayn, madaniyat va san’at, jurnalistika va ommaviy aloqalar (PR), geologiya, qishloq, o‘rmon va suv xo‘jaligi kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sun’iy intellekt, atom va quyosh energetikasi, sog‘liqni saqlash, telemeditsina, elektroenergetika, neft-gaz kabi sohalar bo‘yicha ustuvor mutaxassisliklarga e’tibor qaratilgan.
Hujjat topshirish jarayonida nomzodlar xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance), nufuzli universitetlarda o‘qiyotgan nomzodlar xorijda ta’lim olayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni taqdim etishi talab etiladi.
Mazkur hujjatlarda yoki ma’lumotnomalarda ta’lim olishni boshlash davri va ta’lim oladigan mutaxassislik nomi aniq ko‘rsatilishi lozim. Nomzodlar nufuzli universitetlardan o‘qish xarajatlari bo‘yicha grantlar (chegirmalar) mavjud bo‘lsa, ularni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashlari shart.
Bakalavriat dasturida ishtirok etadigan nomzodlar maktabni, litsey va kollejni tugatganligini tasdiqlovchi attestat va diplomlar bilan ishtirok etishlari talab etiladi.
Mazkur tanlovdan boshlab “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali, xorijda ta’lim olishning boshqa xarajatlari me’yorlari kabi, o‘qish xarajatlarining ham eng yuqori miqdori belgilanganligiga e’tibor berishni so‘ramoqda jamg‘arma.
Tanlov jarayoni quyidagicha:
- hujjatlar joriy yilning 10-oktabridan 10-noyabrigacha yagona tartib va teng imkoniyat asosida onlayn qabul qilinadi;
- 15-noyabrdan 15-dekabrgacha qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan suhbat o‘tkaziladi.
Bakalavriatura uchun kerakli hujjatlar:
- Jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
- pasport nusxasi;
- ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki dastur tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari
uchun); - xorijiy OTMga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat;
- Til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar);
- xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse;
- maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik haqida hujjat nusxasi.
Magistratura uchun kerakli hujjatlar:
- bakalavriatura diplomi va ilovasining nusxalari;
- mehnat daftarchasi nusxasi;
- jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
- pasport nusxasi;
- ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki tegishli ta’lim dasturi tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari
uchun); - xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat;
- Til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar);
- nomzodning O‘zbekistonda va xorijda (agar mavjud bo‘lsa) e’lon qilingan ilmiy maqolalari ro‘yxati hamda ularning elektron variantlari;
- xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse.
Doktorantura uchun kerakli hujjatlar:
- magistratura diplomi va ilovasi nusxasi;
- mehnat daftarchasi nusxasi;
- jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
- pasport nusxasi;
- ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki tegishli ta’lim dasturi tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari
uchun); - xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat;
- Til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar);
- tanlangan sohani rivojlantirish hamda uning natijalarini O‘zbekistonda qo‘llash uchun nomzod tadqiqotining dolzarbligi to‘g‘risida tegishli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasa rahbarining tavsiya xati;
- O‘zbekistonda va xorijdagi ilmiy jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar ro‘yxati hamda ularning elektron variantlari;
- ilmiy tadqiqotning maqsadlari, uslublari va natijalari, ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqidagi esse.
Barcha nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar bilan bu yerda tanishish mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni 71 203 14 41, 71 203 00 47, 71 203 00 48, 71 203 00 53 telefon raqamlari, jamg‘armaning Telegram-boti hamda elektron pochta orqali olish mumkin.
Arizalarni 10-noyabrgacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Foydali havolalar:
- onlayn hujjat topshirish bo‘yicha qo‘llanma;
- nomzodlarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha nizom;
- suhbat dasturi (sahifa hali yangilanmoqda);
- baholash uslubi (sahifa hali yangilanmoqda);
- yo‘nalish va ta’lim sohalari kesimida ajratilgan kvotalar;
- ustuvor mutaxassisliklar;
- esse yozish bo‘yicha tavsiyalar.
Shuningdek, ariza namunasini saytdan yuklab olish mumkin.