Namanganda Janubiy Koreya bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash va eksport qilish logistika markazi tashkil etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha viloyat delegatsiyasining Koreyaga tashrifi davomida Puyo shahri hokimi Park Jun Xun bilan o‘tgan uchrashuvda muzokaralar olib borildi.

Unda hududlar o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, oldin kelishilgan loyihalarni jadallashtirish, loyihalarni yuritish bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etish hamda “Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish belgilab olindi.

Tomonolar Chust tumanida 1000 gektar o‘zlashtirilmagan yerlarni o‘zlashtirish hamda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Namangan shahrida qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilish logistika markazini tashkil etishga kelishishdi. Bu bo‘yicha qiymati $10 mlnlik hujjat imzolandi.

Avvalroq Janubiy Koreyaning “School Foundation Sang Yoo” kompaniyasi Namanganda IT-akademiya tashkil etishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, anubiy Koreyaning “TG Holding” kompaniyasi O‘zbekistonga $150 mln sarmoya kiritib, Koreya brendlarining poyabzal, kiyim-kechak va attorlik buyumlar, sun’iy charm tayyorlash korxonalarini ochadi.