11-oktabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:
- Uchtepa tumani: “Zulfizar” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
- Chilonzor tumani: “Naqqoshlik” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Avvalroq iIjtimoiy tarmoqlarda “hisoblagich orqali 10−15 kW quvvat doirasida cheklov kiritiladi” mazmunida xabarlar tarqalgandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” bu iste’molchilar orasida turli tushunmovchiliklar va savollarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlab, holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Joriy yilning 1-noyabridan zarur bo‘lgan qurilmalarning minimal quvvatidan (hamda joylashgan hududidan) kelib chiqib, hisoblagich orqali 10−15 kW quvvat doirasida cheklov kiritiladi.
Avvalroq 1-noyabrdan yirik maishiy elektr energiyasi iste’molchilari uchun to‘lovlar oshirilishi ma’lum qilingandi. Bunda, o‘zgarishlar faqat oyiga 1000 kVt/soatdan ortiq energiya ishlatadigan abonentlarga ta’sir qilib, bunda, 2−4 baravar oshirilgan narxlar qo‘llaniladi.