12-oktabr kuni Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim ko‘chalaridagi iste’molchilarga bir sutka davomida issiq suv yetkazib berilmaydi. Bu haqda “Veolia Yenergy Tashkent” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshkent issiqlik markazi” korxonasi 5-IM “Chilonzor” qozonxonasi faoliyatini 12-oktabr kuni soat:00:00dan shu kuni kechasi 24:00gacha isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun to‘xtatadi.
Unga ko‘ra, bu vaqtda Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi quyidagi manzillarga issiq suv ta’minoti yetkazib berilmaydi:
- Zargarlik;
- Lutfiy;
- Guliston;
- Farhod;
- Naqqoshlik;
- Shirin;
- Maqsud Shayxzoda;
- Qatortol 2-ko‘chasi;
- Katta Xirmontepa;
- Taqachi;
- Katta halqa yo‘li;
- O‘rikzor;
- Beshqayrag‘och;
- To‘qimachi;
- Nashriyot;
- Yusuf Sakkokiy;
- Foziltepa ko‘chalari;
- Chilonzor dahasi 10÷26, 30, 31, G9A, 20A mavzelari;
- Naqqoshlik;
- Sharq;
- Guliston;
- Al-Xorazmiy 1,2;
- Beshqayrag‘och;
- Izza dahalari;
- O‘rikzor bozori doirasida.
Issiq suv ta’minoti 5-IM qozonxonasi ishga tushishi bilan tiklanadi.
Bundan tashqari, “Vodnik” dahasida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
Xususan, yangi qozonxona qurish uchun magistral quvurni rekonstruksiya qilish doirasida quyidagi sanalarda vaqtincha to‘xtatiladi:
- 12-oktabr soat 13:00dan 17:00gacha;
- 16-oktabr soat 09:00dan 20-oktabr 16:00gacha.
Bu tizimni modernizasiya qilish va hududda yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tish doirasida yangi qozonxona qurilishini yakunlash uchun zarur, deyiladi xabarda.