Sentabr oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 17%ga kamaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.
Unga ko‘ra, o‘tgan oyda ro‘yxatga olingan oldi-sotdi bitimlari soni 23 mingtani tashkil etib, avgust oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 5 mingtaga kamaygan.
Hududlar bo‘yicha eng katta pasayish Navoiy (32%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (24%) va Toshkent shahrida (24%) qayd etilgan.
Ko‘chmas mulk bozorida o‘rtacha faollikni saqlab qolgan hududlar Samarqand viloyati bo‘lib, bu yerda oy davomida sotuvlar 7,4%ga oshdi.
Yanvar-sentabr oylarida respublikada ko‘chmas mulkni sotish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,4 foizga o‘sdi, bu atigi 324 ta bitimga ko‘p.
Hududlar kesimida yil davomida sotuvlar Samarqand 52%ga, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 30 va 29%ga o‘sdi.
2023-yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, uy-joy sotuvi 9%ga o‘sib, 76 mingtadan oshdi.
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning qariyb 50%i Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Toshkentda vaziyat qanday?
Sentabr oyida Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi avgust oyidagi $8,9ga nisbatan 2,2%ga oshib, 1 kvadrat metr uchun $9,1ni tashkil etdi.
Uy-joy ijarasi uchun eng yuqori narxlar poytaxtning uchta tumanida — Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida kvadrat metri uchun $11dan oshadi.
Eng past ko‘rsatkichlar Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida bir kvadrat metr uchun $7,4dan $5,8gacha.
Shu bilan birga, ijara narxining eng yuqori o‘sish sur’atlari poytaxtning Sergeli va Olmazor tumanlarida mos ravishda 6,5% va 6,4%ga hamda Bektimir tumanida 5%ga oshgani qayd etildi.
Bir oy ichida Mirobod, Yunusobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida ijara narxi 1,6%dan 3,5%gacha arzonlashdi. Shayxontohur tumanida ijara narxi o‘zgarishsiz qoldi.
O‘tgan yilga nisbatan Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1,1%ga oshdi. Yil boshidan buyon o‘rtacha ijara narxi deyarli 11,2%ga kamaydi.
Ikkilamchi bozor
Sentabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi bir kvadrat metr uchun 2,9%ga oshdi, o‘tgan yilning sentabr oyidan buyon uy-joy narxi 22,3%ga oshdi.
O‘tgan yilning sentabr oyidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi Navoiy — 33,7%, Toshkent — 30,5% viloyatlarida va Toshkent shahrida — 29,1% qayd etildi.
Toshkent shahrida sentabr oyida ikkilamchi uy-joy narxi 1,3%ga oshdi.
Eng yuqori o‘sish Shayxontohur — 1,8%, Mirobod — 2,3% va Yakkasaroy — 3,9% tumanlarida qayd etildi.
O‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan poytaxtda o‘rtacha uy-joy narxi 29,1%ga oshdi.