E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


Hozirda mavjud 35 ta bankdan 20 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin.

Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga, 20%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.

Bundan tashqari “Aloqabank”, “Asia Alliance Bank” va “Ipak yo‘li banki“da boshlang‘ich badalsiz avtokredit rasmiylashtirish mumkin.

Oltita bank uch oydan olti oygacha imtiyozli davr taqdim etadi — bular “Aloqabank”, InfinBank, “O‘zmilliybank”, “Poytaxtbank”, “Turonbank” va “Sanoatqurilishbank”.

Bundan tashqari banklar elektromobillar uchun ham mablag‘ ajratishni boshlamoqda. Masalan, “Turonbank”, “Saderatbank”, “Qishloq qurilish bank” va “Hamkorbank” bunday turdagi avtomobillarga 21,5−27%lik stavkada kredit taqdim etadi.

Ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun kreditlarni esa “Aloqabank”, “Anorbank, “Tenge Bank”, “Davrbank”, “TBC Bank”, “Qishloq qurilish bank”, “Turonbank” va “HamkorBank"da olish mumkin.

Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan va call-markazlaridan olindi.

Bank nomi
Foiz stavkasi
Boshlang‘ich to‘lov
Muddati
Agrobank
26%
25%
4 yil
27%
5 yil
Asakabank
25%
30%5 yilgacha
Anorbank
20%
20%
4 yilgacha
36%10−25%5 yilgacha
Aloqabank*
24%
40%
1 yilgacha
26%
10%
5 yilgacha
Asia Alliance Bank*

26,99%
25%
4 yilgacha
27,99%
5 yilgacha
Davr Bank
21%
11%
5 yilgacha
Hamkorbank*
27,99%
25%
4 yil
InfinBank
26,99%
25%
4 yil
Ipak yo‘li banki
23,9%
25%
1 yildan 5 yilgacha
Mikrokreditbank*
26%
50%5 yilgacha
27%40%
28%30%
Orien Finans Bank
21,9%
50%
5 yilgacha
22,9%40%
23,9%30%
24,9%
20%
Poytaxt bank
25%
25%4 yilgacha
26%
27%
Qishloq qurilish bank
24%30%
4 yilgacha
Saderat Bank
24%
40%
4 yil
25%30%
27%20%
26%20%3 yilgacha
Tenge Bank*
25,5%
50%5 yilgacha
26,9%
15%
Trastbank*
24%
40%
5 yilgacha
25%
30%
26%
25%
Turonbank
25,9%0%**
4 yilgacha
30%5 yilgacha
Xalq banki
24%
20%
5 yilgacha
Ziraat Bank Uzbekistan
23,5%
50%5 yilgacha
24%
35%
26%
25%
O‘zmilliybank
24%
40%
5 yilgacha
25%
30%
26%
20%

*Ushbu banklar, shuningdek, Ipoteka bank Kia, Renault, Lada, Chery, Hyundai, Skoda va Volkswagen avtomobillari uchun past kredit stavkalarini taklif etadi.
**Shartnoma qiymatining 50% miqdori avtosalonga to‘langan holatda