Sentabr oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida pasayish kuzatildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan (“Spot"da mavjud).

Xususan, barcha avtotransport vositalarining sotuvi avgust oyiga nisbatan 0,1%ga pasayib, 148 mingtani tashkil etdi. Shu bilan birga, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20%ga o‘sdi.

O‘tgan oyda yengil avtomobillar savdosi 137 mingtani tashkil etib, bir oy davomida atigi 1%ga oshdi. Hududlar bo‘yicha eng katta o‘sish Farg‘ona (19%), Namangan (9%) va Xorazm (5%) viloyatlarida kuzatildi.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, cerr, elektromobillar, ikkilamchi bozor

Umuman, yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan 18%ga oshdi. Joriy yilning uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillar savdosi 26%ga oshib, 404 mingtaga yetdi.

Birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi oy davomida 1,4%ga oshdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37% o‘sish bilan 10 mingdan ortiq yengil avtomobillar sotilgan.

Uch chorak yakunlari bo‘yicha eng sezilarli o‘sish yengil avtomobillar segmentida qayd etilib, sotuvlar hajmi 68,8%ga oshdi.

Oy davomida yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi 4,2%ga o‘sdi va 33 mingdan oshdi.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, cerr, elektromobillar, ikkilamchi bozor

Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bozori

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyat, aksincha, pasayishni ko‘rsatmoqda. Oy davomida sotuvlar 16%ga pasayib, 4,6 mingta avtomobilni tashkil etdi.

Bundan tashqari, sentabr oyida ikkilamchi bozor o‘sishni boshladi. Haydalgan yengil avtomobillar savdosi bir oy oldingiga nisbatan 800ta avtomobilga ko‘payib, 98 mingtadan oshdi.

Joriy yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, ikkilamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi 15,5%ga oshdi.

Elektromobillar bozori

Sentabr oyida yengil elektromobillar savdosi pasayib, 3,6 mingtaga yetdi. Bu esa avvalgi oyga nisbatan kam ko‘rsatkich — 20 mingta avtomobil.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, cerr, elektromobillar, ikkilamchi bozor

Shu bilan birga, o‘tgan yilga nisbatan elektromobillar bozori 6 baravarga oshdi. Hududlar kesimida oy davomida eng kam elektromobil Sirdaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida sotilgan.

Joriy yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, yengil elektromobillar sotuvi deyarli 10 mingtani tashkil etib, yillik o‘sish 5 barobarga ko‘paydi.

Elektromobillarning birlamchi bozori oy davomida 2%ga kamaygan bo‘lsa, aksincha, sentabr oyida elektromobillarning ikkilamchi bozori 8,5%ga oshdi.


Avvalroq OTB O‘zbekistonda elektromobillarni ommalashtirishga $170 mln yo‘naltirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.